Andijonda fuqarolarning mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan, ijtimoiy sohada aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Unda Asaka tumanidagi “Amir Temur”, “Qadriyat”, “Do‘stlik”, “O‘zbekiston”, “Muqumiy”, “Yuksalish”, “Birlik”, “Birdamlik”, “Baynal-Minal” MFY larida yashovchi 100 nafarga yaqin aholi va mahalla faollari ishtirok etishdi.