Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
BMTning Inson huquqlari bo’yicha Oliy Komissarining Boshqarmasi

BMTning Inson huquqlari bo’yicha Oliy Komissarining Boshqarmasi

BMTning Inson huquqlari bo’yicha Oliy  Komissarining Boshqarmasi – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan kafolatlangan inson huquqlariga rioya etilishini va himoya qilinishini nazorat qiluvchi agentlik.

Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI)

Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI)

Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI) – jinoiy odil sudlov, mahkumlarning qayta ijtimoiylashuvi va o’lim jazosini bekor qilish sohasidagi xalqaro-huquqiy normalar va eng yaxshi amaliyotlarni ilgari surib qo’llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yuritadigan mustaqil nohukumat tashkiloti hisoblanadi. Tashkilot 1989 yilda tashkil topgan.

BMTning Bolalar jamg’armasi UNICEF

BMTning Bolalar jamg’armasi UNICEF

BMTning Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF)BMTning asosiy jamgʻarmalaridan biridir. Uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor boʻlgan Yevropa bolalariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish maqsadida 1946 yilda tuzilgan. 1953 yildan BMTning doimiy tuzilmasiga aylangan. Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning soglom va barkamol voyaga yetishiga ko’maklashish uning bosh tamoyilidir. Mazkur sohadagi faoliyati uchun 1965 yilda Nobel mukofoti bilan takdirlangan.

EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi (DIIHB)

EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi (DIIHB)

Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi (DIIHB) – EXHT institutlaridan biridir. Inson huquqlari va asosiy erkinliklariga bo’lgan hurmatni ta'minlash, demokratik institutlarni mustahkamlash va himoya qilish bilan shug’ullanadi.

DIIHB 1990 yilda tashkil etilgan.

AQSHning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID)

AQSHning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID)

USAID rivojlanish bo'yicha dunyodagi etakchi xalqaro agentlik va rivojlanish natijalarining katalizatori hisoblanadi.  Tashkilot 1961 yilda tashkil etilgan.  USAID AQSHning milliy xavfsizligi va iqtisodiy farovonligini targ’ib qiladi, amerikaning saxiyligini namoyish etadi va qabul qiluvchi o’zini ta’minlashi va barqarorlik yo’lini ochadi.

Konrad Adenauer nomidagi jamg’arma

Konrad Adenauer nomidagi jamg’arma

Konrad Adenauer nomidagi jamg'arma 1955 yilda tashkil topgan. Jamg'arma mamlakatda va xorijiy davlatlarda siyosiy ta'lim bilan shug'ullanadi, Evropa integratsiyasini kuchaytirishni kuchaytirishni targ’ib qiladi, san'at va madaniyat rivojlanishiga o’z hissasini qo'shadi, iqtidorli talabalar va aspirantlarga jamg’arma stipendiyalari ajratiladi, jamg’arma mutaxassislari xristian-demokratik harakatlarning rivojlanish tarixini o'rganadi va hujjatlashtiriladi.

“Mintaqaviy Muloqot” XNNT

“Mintaqaviy Muloqot” XNNT

Mintaqaviy Muloqot (Regional Dialogue) – bu insonlar va mintaqalar o'rtasida o'zaro bir-birini tushunishni targ'ib qiluvchi mustaqil tashkilot. MMning faoliyati O'rta Osiyoga alohida e'tibor qaratgan holda, o'zaro bir-birini tushunishni rivojlantirish maqsadida bilim, g'oya va tajriba almashinuviga ko’maklashishdan iborat. Mintaqaviy muloqot 2008 yil oxirida Sloveniyada uchta ta’sischilar M.Sever, K.Gersak va M.Kafuta tomonidan tashkil etilgan.  Mintaqaviy muloqotning O’zbekistondagi vakolatxonasi 2011 yil mart oyida ochilgan va bir qator mahalliy xodimlarga ega. Xozirgi kungacha Mintaqaviy muloqot mahallalar, xotin-qizlar guruhlari, fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, sud tizimi va inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat idoralari bilan hamkorlikda bir nechta loyiha tadbirlarini amalga oshirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 1945 yilda tashkil etilgan. Ayni paytda 193 ta davlat tashkilot a’zosi hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy missiyasi va faoliyati BMT Nizomida belgilangan maqsad va printsiplar bilan belgilanadi.

Milliy huquqni himoya qilish muassasalarining Global alyansi (MHHMGA)

Milliy huquqni himoya qilish muassasalarining Global alyansi (MHHMGA)

Milliy huquqni himoya qiluvchi muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 1993 yilda MHHM Xalqaro muvofiqlashtirish qo’mitasi (XMQ) tashkil etildi. 2016 yilda XMQ o’z nomini o’zgartirdi va Milliy huquqni himoya qilish muassasalarining Global alyansiga (MHHMGA) aylandi. (Dunyoning 4 mintaqasidan 16 ta davlat a’zo)

 

Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)

Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)

Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) Shimoliy Amerika, Evropa va Osiyoda 57 ta ishtirokchi-davlatlarni hosobga olgan dunyodagi eng yirik mintaqaviy xavfsizlik tashkiloti hisoblanadi.