Navbatdagi ochiq muloqotlar Andijon, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazildi. Dastlab, murojaatlar tahlil qilinib, har bir hudud uchun dolzarb masalalar aniqlandi va tegishli masʼul idora vakillari jalb etildi.
Tadbirlar davomida 1000 nafarga yaqin fuqarolar qamrab olindi. Jumladan, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston“, “Qora yantoq”, “Qoraqursoq”, “Mehnat-rohat”, “Yangiobod”, “Soqchi”, “Qorabura”, “Zartepa”, “Gulhovuz”, “Qushtepa”, “Markaziy Surxon”, “Loyiqand”, “Guliston” va “Do‘stlik”, Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi “Geolog”, Qamashi tumanidagi “O‘zbekiston”, “Mang‘it”, “Oqguzar”, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Qo‘g‘ay”, “Qayqi” va “Islomobod”, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Bo‘ston”, “Qalʼai Azizon”, “Saroy”, “Uzilishkent”, “O‘rtaqo‘rg‘on”, “Xumo”, “Nurafshon”, “Bobodo‘g‘i”, “G‘amxo‘r”, “Zarmetan”, Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi “Nurbuloq” va “Po‘latchi” hamda boshqa mahallalarda yashovchi fuqarolar ishtirok etdi.
Uchrashuvlar davomida ishtirokchilarga kiberjinoyatchilik va moliyaviy firibgarlikning oldini olish, mehnat munosabatlari va mehnat migratsiyasi sohasidagi huquqiy tartib-taomillar, shuningdek boshqa masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqotlardan so‘ng, Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillarining sayyor qabullari ham o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
Shuningdek, Xorazm viloyatidagi Urganch davlat universiteti, Surxondaryo viloyatidagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika instituti, Andijon viloyati Andijon shahridagi Andijon davlat texnika instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari ishtirokida ham “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvlarda o‘quvchi va talabalarga yoshlarga oid davlat siyosati, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar va huquqiy kafolatlar haqida maʼlumot berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






