Mazkur hujjat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatining taʼsirchanligini oshirish, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197⁴-moddasiga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, Ombudsman tomonidan kiritilgan talabnomalarni mansabdor shaxslar tomonidan ko‘rib chiqmasdan qoldirish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoki talabnoma yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz maʼlumot taqdim etish holatlari uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






