Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Varshavada O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish natijalari taqdim etildi
11 Okt
2026-yil 9-oktabr kuni Polsha Respublikasining Varshava shahrida o‘tkazilayotgan «Inson o‘lchovi bo‘yicha Varshava konferensiyasi» doirasida «Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish: islohotlar natijalari» mavzusida sayd-ivent tashkil etildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Ombudsman Varshavada o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi
11 Okt
2026-yil 9-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Polsha Respublikasining Varshava shahriga xizmat safari doirasida O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi.
Ombudsman va YXHT: inson huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi hamkorlik
09 Okt
2026 yil 8 oktyabr kuni «Inson o‘lchovi bo‘yicha Varshava konferensiyasi» doirasida «Tenglikni ta’minlash mexanizmlari va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni mustahkamlash: inklyuziv jamiyatni shakllantirishda YXHTning joylardagi missiyalari tajribasi» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ombudsman va YXHT DIIHB o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
08 Okt
Joriy yilning 5–15 oktyabr kunlari Varshava shahrida o‘tkazilayotgan “Inson o‘lchovi bo‘yicha Varshava konferensiyasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktorining birinchi o‘rinbosari Tea Jaliashvili, Inson huquqlari departamenti rahbari Syuzan Kerr hamda Inson huquqlari departamenti katta maslahatchisi Yohannes Hayler bilan uchrashdi.
Varshava konferensiyasida O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdim etildi
07 Okt
Joriy yilning 5–15 oktyabr kunlari Varshava shahrida o‘tkazilayotgan “Inson o‘lchovi bo‘yicha Varshava konferensiyasi”da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirok etmoqda.
Surxondaryoda reabilitatsiya markazidagi 31 nafar ayol va bola kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
06 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Surxondaryo viloyati hududiy markazida yashayotgan ayollar va ularning farzandlari uchun kompleks tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
“Ombudsman soati”: o‘quvchilarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligi oshirilmoqda
02 Okt
Huquqiy savodxonlikni yoshlikdan shakllantirish — qonun ustuvorligi va inson huquqlariga hurmat tamoyillarini qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda “Ombudsman soati” darslari butun respublika bo‘ylab tashkil etilmoqda.
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
01 Okt
Sizlarni 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Ombudsman va BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi
30 Sen
2026 yilning 30 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasining Mintaqaviy vakil o‘rinbosari Ennio Boati hamda Boshqarmaning Global operatsiyalar bo‘limi Inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi Joana Mikel Jelabert bilan uchrashdi.
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun loyihasi jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
29 Sen
Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda faol jamoatchilik vakillari ishtirokida ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Ombudsman maktabi”: fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar joylarda muhokama qilindi
25 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” platformasi doirasida hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Konstitutsiyaviy sud majlisida ma’muriy ushlab turish muddatiga oid norma konstitutsiyaviyligi ko‘rib chiqildi
23 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat kiritilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 288-moddasi ikkinchi qismining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiqligini aniqlash so‘ralgan edi.