Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman va Xelsinki universiteti vakili o‘rtasida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026 yilning 21 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi masalalari markazining loyihalarni rejalashtirish bo‘yicha mutaxassisi Iida Kalmanlexto bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari ombudsmanlari hamkorligini yana-da rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.  Bu borada 2 yildan beri Qonun ustuvorligi  markazi tomonidan Xelsinkida tashkil qilib kelingan tadbirlarning muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy hamkorlikni yana-da mustahkamlash va o‘zaro muloqotni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati