Feruza Farxodovna Eshmatova (Yusupova) 1979-yil 9-fevralda Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. 2000-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat (Xalqaro huquq) yo‘nalishini, 2002-yili magistraturasini tamomlagan.
2002-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2007-yilda yuridik fanlar nomzodi, 2020-yilda yuridik fanlar doktori ilmiy unvonlarini olgan.
2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. 2020-2021 yillarda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. 2021-yildan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) sifatida faoliyat yuritmoqda.
Yuridik fanlar doktori. 100 dan ortiq ilmiy va publistik maqolalar muallifi. Oilali, 3 nafar farzandi bor.
Ombudsman o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi.
Vakil - mansabdor shaxs bo‘lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda yerkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya yetilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldiradi. Vakil O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga ko‘maklashadi.
Qonunchilikka asosan Vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobdordir.
Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik, har bir inson uchun ochiqlikdir.
Vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
Vakil inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi.
Vakil harakatlarida inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnoma bilan kirish huquqiga ega.
U fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab arizalar va daʼvolar bilan sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat etishi mumkin.
Vakil uchinchi shaxslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishining yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi bo‘lsa, qabul qiladi.
Vakil qabul jadvallariga muvofiq jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullarini tashkil etadi.
Vakil sudning vakolat doirasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.
Anonim murojaatlar Vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Qamoqda saqlash joylarining maʼmuriyati Vakilga qamoqda turgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart, uchrashuv va suhbat ushbu muassasalar xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi.
1984 yil Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. 2006 yili Toshkent islom universitetini, 2009 yili O‘zbekiston milliy universitetining Yuridik fakultetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori, dotsent.
2021-2022 yillar Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, 2022-2023 yillar ushbu universitet Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2023 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga saylangan.
Xayitov Temurbek Raxmataliyevich 1987-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2010-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilgan.
2020-2024 yillarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatining Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarining oldini olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2024-yilning 16-yanvaridan hozirga qadar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.
Kotibiyati mudiri o‘z vakolati doirasida:
Kotibiyat, uning sektorlari samarali ishlashini taʼminlaydi, Kotibiyat zimmasiga yuklangan funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Kotibiyat tarkibiy sektorlari ishini muvofiqlashtirib boradi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;
Vakil, uning o‘rinbosari faoliyatining hisobot va maʼruzalar, axborot materiallari bilan taʼminlanishini yaxshilash, axborotni qayta ishlash va tahlil qilishning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Kotibiyat tadbirlari rejasi tayyorlanishini tashkil etadi, Vakil topshirig‘iga binoan birgalikda Inson konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etish bo‘yicha komissiya majlislari kun tartibi loyihalarini ishlab chiqadi;
Vakilning parlament palatalari bilan hamkorligini va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishini taʼminlaydi, Vakil o‘rinbosari bilan birgalikda Vakil va davlat organlari o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, memorandumlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Kotibiyat tarkibiy sektorlarida tayyorlangan masalalar to‘g‘risida Vakilga xabar beradi;
Kotibiyat faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi, Vakil ko‘rib chiqishi uchun Kotibiyat tuzilmasi, shtatlari va kadrlari tarkibi masalalari yuzasidan takliflar, Kotibiyat xodimlarining malakasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
Vakilning qonunda belgilangan vazifalarini amalga oshirish yuzasidan zaruriyat tug‘ilgan hollarda, Kotibiyatga muayyan (Vakil tomonidan belgilangan) vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida tajribali mutaxassislarni jalb qiladi;
Kotibiyat mudiri qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.