Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Varshavada inson huquqlari, so‘z erkinligi va gender tengligi masalalari bo‘yicha xalqaro davra suhbati o‘tkazildi
2026-yil 1-iyun kuni Polsha Respublikasining Varshava shahrida O‘zbekiston tashabbusi bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) hamkorligida Varshava universitetida “Inson huquqlari, so‘z erkinligi va gender tengligi: milliy islohotlar, xalqaro standartlar va o‘zaro hamkorlik” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Polsha Respublikasi Ombudsmani, YEXHT DIIHB vakillari, O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi, Polsha Respublikasining tegishli davlat organlari, inson huquqlarini himoya qilish institutlari, fuqarolik jamiyati vakillari, jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, mustaqil ekspertlar, olimlar, tadqiqotchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida inson huquqlari, so‘z erkinligi va gender tengligi sohalaridagi milliy tajriba va xalqaro standartlar, ushbu yo‘nalishlarda davlat institutlari hamda fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Ombudsman inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga to‘xtalar ekan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, so‘z erkinligi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlash inson huquqlarini ta’minlashning muhim yo‘nalishlari ekanini ta’kidladi.

Davra suhbatida shuningdek, Polsha Ayollar ligasi boshqaruvi raisi, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, Varshava universiteti professor-o‘qituvchilari, mustaqil ekspertlar, olimlar hamda tadqiqotchilar so‘zga chiqib, inson huquqlari, so‘z erkinligi va gender tengligi sohasidagi milliy va xalqaro tajriba xususida fikr almashishdi.

Muhokamalar davomida ishtirokchilar milliy islohotlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish institutlari o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, mazkur sohadagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.