“Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga tergov hibsxonalarida ushlab turilgan shaxslar dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari kamida ikki soat sayr qilishi hamda qo‘shimcha tarzda kiyim-bosh hamda poyabzal olishi belgilanmoqda. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini va eng zarur narsalarni sotib olish uchun ularga belgilangan pul miqdorini mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravarigacha oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Mazkur qonunchilik taklifi Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan ishlab chiqilib Qonunchilik palatasiga kiritilgan edi.
Taʼkidlash joizki, ushbu o‘zgartirishlar qamoqda saqlanayotgan shaxslarning kundalik ehtiyojlarini taʼminlash, ular uchun belgilangan sharoitlarni yana-da yaxshilash hamda inson huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






