Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar,Konstitutsiyamizda inson huquqlari kafolatlarining kuchaytirilganligi hamda bu boradagi Ombudsman instituti oldidagi vazifalar to‘g‘risida so‘z bordi.
O‘z navbatida, Bartlomey Soxanskiy Polsha Konstitutsiyaviy tribunalining vakolatlari, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqish tartibi, konstitutsiyaviy nizolarni hal etish haqida maʼlumot berdi.
Shu kuni Ombudsman hamda O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Polsha Respublikasi Ombudsmani Marsin Vyonsek bilan ham uchrashishdi.
Muloqot davomida tomonlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, Ombudsman institutlarining bu boradagi o‘rni va vakolatlari, shuningdek, O‘zbekiston va Polsha ombudsmanlik institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar tajriba almashishni kengaytirish, qo‘shma tadbirlar tashkil etish hamda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






