Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ga akkreditatsiyadan o`tish istagida bo`lgan OАVni mazkur Qarorda belgilangan tartibdagi tegishli buyurtmani hamda unga
- ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
- ixtisoslashuvi;
- tarqalish hududi;
- elektron pochta manzili;
- tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
- akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirlarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
- kasb vazifalarini bajarish uchun muxbirlar o`zi bilan birga olib yurishi zarur bo`lgan texnik jihozlar;
- muxbirlarning xizmat mavqei, pasporti, diplomi nusxalari, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami hamda belgilangan shakldagi to`rtta fotosuratni ilova qilgan holda ma`lumotni taqdim etilishi so`raladi.
Yuborilgan so`rov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) tomonidan tashkil etilgan Аkkreditatsiya komissiyasining ekspert guruhi tomonidan belgilangan tartibda ko`rib chiqiladi.
Muxbirni akkreditatsiya qilish to`g`risidagi buyurtmanoma akkreditatsiya qiladigan organ tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida ko`rib chiqiladi.
Аkkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan akkreditatsiya qiluvchi organ bilan birgalikda belgilanadi.
Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda akkreditatsiya qiluvchi organ qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo`yicha O`zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish to`g`risidagi guvohnomani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.