Tashrif davomida mazkur muassasada saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan yashash va ovqatlanish sharoitlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ta’lim olishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Ma’lumot uchun, ushbu markaz Polsha hududida bo‘lish huquqi bilan bog‘liq masalalari ko‘rib chiqilayotgan yoki migratsiya jarayonlari doirasida qaror qabul qilinishi kutilayotgan chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan muassasa hisoblanadi. Polshada bunday turdagi 6 ta markaz faoliyat yuritadi. Tashrif kuni mazkur markazda qariyb 100 nafar shaxs saqlanayotgani ma’lum qilindi. Markazga joylashtirilgan shaxslar sud qaroriga asosan belgilangan muddat davomida ushbu muassasada saqlanadi.
Tashrif chog‘ida muassasada saqlanayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan ham uchrashilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.






