Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxoroda Osiyo xotin-qizlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda
2026 yil 14–15 may kunlari Buxoro shahrida Osiyo xotin-qizlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli xalqaro anjumanda Osiyo mamlakatlari parlamentlari va hukumatlari vakillari, senator va deputatlar, diplomatik korpus xodimlari, BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganini taʼkidladi.

“Ayollarga investitsiya — barqaror o‘sish asosi: xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida tashkil etilgan forumda xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki, iqtisodiy mustaqilligi, taʼlim, ilm-fan, innovatsiya, sunʼiy intellekt, raqamli xavfsizlik va ijtimoiy himoya sohalaridagi imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Forumda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham qatnashib, 4-panel sessiyasida maʼruza qildi.

Mazkur forum xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, gender tenglikni ilgari surish hamda bu borada mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati