Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman soati” doirasida Navoiyda o‘quvchilarning huquqiy xabardorligi oshirilmoqda
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan G‘ozg‘on shahridagi 1, 2, 3 va 4-sonli, shuningdek Nurota tumanidagi 2, 6, 27 va 34-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablarida interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ularda jami 280 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga mamlakatimizda faoliyat yurituvchi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, jumladan Ombudsman, Bolalar ombudsmani, Biznes-ombudsman tashkilotlarining vazifa va vakolatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, huquq va burch tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi, taʼlim jarayonida intizom va ichki qoidalarga rioya qilishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Qolaversa, Ombudsman tomonidan tayyorlangan “Kiberxavfsizlik” va atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan videodarslar, raqamli zo‘ravonlikning turlari, uning salbiy oqibatlari, internetda xavfsizlik qoidalari va kibertahdidlarga qarshi choralar haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbirlar o‘quvchilarning faol ishtiroki, fikr-mulohazalari va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.