Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman delegatsiyasi Varshavadagi tergov hibsxonasi faoliyati bilan tanishdi
2026 yilning 1 iyun kuni Varshavada xizmat safarida bo‘lib turgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova boshchiligidagi delegatsiya “Varshava-Byalolenka” tergov hibsxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif jarayonida muassasa ma’muriyati tomonidan hibsxonada saqlanayotgan shaxslar, ularning ijtimoiy kelib chiqishi hamda ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari u yerda saqlanayotgan shaxslarning yashash va ovqatlanish joylari, tibbiy xizmatdan foydalanish, mehnat qilish sharoitlari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari hamda kutubxona faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif yakunida mazkur muassasada saqlanayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida ularning masalalari tinglandi hamda huquqiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi nazoratga olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.