Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatlar tahlili asosida sayyor qabul o‘tkaziladigan mahallalar tanlanmoqda
Fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish maqsadida Ombudsmanning hududlardagi sayyor qabullari davom etmoqda. Sayyor qabul o‘tkaziladigan mahallalar esa fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida tanlanmoqda.

Shu asosda Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Romitan tumanining aholi soni eng ko‘p mahallalaridan biri bo‘lgan "Qumrabot" hamda Vobkent tumanidagi "Charmgaron" mahallalarida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Romitandagi qabulda fuqarolar asosan vasiylik, uy-joy va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. Vobkentda esa ijtimoiy yordam va boshqa huquqiy masalalar ko‘tarildi.

Murojaatlarni joyida hal etish maqsadida qabullarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya organlari, profilaktika inspektori, mahalliy hokimlik va boshqa masʼul tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, murojaatlarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va masʼul tashkilotlar ishtirokida hal etish amaliyoti hududlarda izchil davom ettirilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati