Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Germaniyaning «G‘arb va Sharq uchrashuvlari» jamg‘armasi delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Germaniyaning «G‘arb va Sharq uchrashuvlari» jamg‘armasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisi Mattias Platsek boshqaruv raisi o‘rinbosari doktor Martin Kummer hamda ijrochi direktor Anna Kayzer ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, murojaatlar bilan ishlash, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarda jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish Germaniya tajribasida ham dolzarb masalalardan biri ekani, bu borada oilaviy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilgan yondashuvlar muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Shuningdek, tomonlar inson huquqlarini taʼminlash sohasida o‘zaro tajriba almashish, fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati