Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Ombudsman xodimlari uchun inson huquqlarini himoya qilishda sunʼiy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha trening o‘tkazildi
25 Avg
2026 yilning 24–25 avgust kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xodimlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun “Inson huquqlarini himoya qilishda sunʼiy intellektdan samarali foydalanish” mavzusida ikki kunlik trening o‘tkazildi.
Konstitutsiyaviy sudda xorijiy davlatlar Ombudsmanlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
21 Avg
21 avgust kuni Konstitutsiyaviy sudda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlari: zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning xorijiy ishtirokchilari 17 davlat (Gretsiya, Italiya, Qatar, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Rossiya, Slovakiya, Tailand, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Ummon va Hindiston vakillari) Ombudsmanlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi
21 Avg
“Raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlari: zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar Ombudsmanlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va xalqaro tashkilotlar vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib, Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligida fraksiya rahbarlari va qo‘mita raislari bilan uchrashishdi.
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurishdi
21 Avg
“Raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlari: zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar Ombudsmanlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va xalqaro tashkilotlar vakillari Oliy Majlis Senatida bo‘lib, Senat Raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashdilar.
Xalqaro konferensiya doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi
21 Avg
“Raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlari: zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlari: Toshkentda xalqaro konferensiya o‘tkazildi
20 Avg
2026 yilning 20 avgust kuni Toshkent shahrida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan “Raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlari: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbir BMT Taraqqiyot dasturi, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamda Konrad Adenauer jamg‘armasi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Qarorlar qabul qilishda ayollar yetakchiligi: milliy va xorijiy lider ayollar bir davrada
20 Avg
2026 yilning 20 avgust kuni Toshkent shahrida “Qarorlar qabul qilish jarayonida ayollar yetakchiligi” mavzusida nonushta muloqoti (Breakfast Dialogue) bo‘lib o‘tdi. nda parlament, davlat organlari va tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayollar, shuningdek, Qatar, Ozarbayjon, Qirg‘iz Respublikasi, Pokiston, Tojikiston, Misr, Malayziya, Turkiya va Ummondan tashrif buyurgan Ombudsmanlar, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar rahbarlari va vakillari hamda BMT tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.
Ombudsman talabnomalarini ko‘rib chiqmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
09 Avg
Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Hududlarda odam savdosi va noqonuniy migratsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi
30 Iyu
30 iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida aholi hamda yoshlarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Finlyandiya inson huquqlari milliy institutlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
29 Iyu
2026 yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Finlyandiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoxanna Mariya Ogren bilan uchrashdi.
Markaziy tergov hibsxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi
29 Iyu
2026 yilning 28 iyul kuni Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi Markaziy tergov hibsxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham ishtirok etdi.
Hududlarda inson huquqlarini taʼminlash holati mahalliy Kengashlar sessiyalarida muhokama qilindi
25 Iyu
Xalq deputatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari Kengashlari sessiyalarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning tegishli mintaqaviy vakillari tomonidan hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati yuzasidan maʼruzalar taqdim etildi.