Mazkur tadbirlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumanidagi “Atako‘l”, “Davir”, “Yangidaryo”, “Beltov”, “Aydin yo‘l”, “Qaraoy” va “Qo‘ng‘irotko‘l” ovul fuqarolari yig‘inlari, Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Baxt” mahallasi, Navoiy viloyati Konimex tumanidagi “Yuksalish”, “Birlik”, “Guliston”, “Shurko‘l”, “Sho‘rtepa” va “Navro‘z” mahallalari, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi “Bog‘i Eram”, “Nursux”, “Qo‘rg‘oncha” va “Sho‘rqishloq” mahallalari aholisi jalb etildi.
Shuningdek, Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Mustaqillik”, “Feruza”, “Al-Xorazmiy”, “Gulshan”, “Gulzor”, “Avesto”, “Mashʼal”, “Bobur”, “Ko‘hna qalʼa”, “Umid”, “Do‘stlik”, “Temir yo‘lchi”, “Baynalminalchi”, “Olimpiya”, “Gulchilar”, “Bo‘ston” va “Nurli hayot”, Namangan viloyati Chust tumanidagi “Buloqboshi” va “Bozorboshi” mahallalari fuqarolari qamrab olindi.
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida esa “Sh. Rashidov”, “Quyoshli yurt”, “Amir Temur”, “Termiz”, “Qoraxon”, “Istiqlol”, “Do‘stlik”, “Ayritom”, “Jo‘yjangal” va “Navro‘z” mahallalaridan fuqarolar ishtirok etdi. Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi tadbir Yoshlar markazida tashkil qilinib, yoshlarga odam savdosiga qarshi kurashishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi.
Samarqand shahrida xorijga chet tillarini o‘rganish dasturlari orqali ketishni rejalashtirayotgan 100 nafardan ortiq yosh ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Andijon viloyatidagi tadbirlar ham bevosita xorijda ishlash yoki taʼlim olish istagida bo‘lgan yoshlarga qaratildi. Aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida xorijiy til va kasb-hunar o‘rganayotgan 41 nafar yosh qamrab olindi.
Tadbirlarda Migratsiya agentligi, ichki ishlar organlari, “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi, “Hamroh” nodavlat notijorat tashkiloti, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirlarda ishtirokchilarga odam savdosi va noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq xavflar, soxta ish va taʼlim takliflari orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari aniq keyslar misolida tushuntirildi. Shuningdek, xorijga chiqishdan oldin mehnat shartnomalari va vositachi tashkilotlar faoliyatini tekshirish, shaxsiy hujjatlarni begona shaxslarga bermaslik, konsullik muassasalari hamda ishonch telefonlari haqidagi maʼlumotlarni oldindan saqlab qo‘yish kabi ehtiyot choralariga alohida eʼtibor qaratildi. Seminar-treninglarda odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash, ularga huquqiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish mexanizmlari ham tushuntirildi.
Namangan viloyatidagi tadbirdan so‘ng “Buloqboshi” va “Bozorboshi” mahallalari aholisi uchun sayyor qabul ham o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirlar aholi va yoshlarni odam savdosi hamda noqonuniy migratsiya xavflaridan ogohlantirish, xorijda qonuniy va xavfsiz mehnat qilish yo‘llarini tushuntirish, shuningdek, shubhali takliflarni oldindan aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






