Muloqotda inson huquq va erkinliklarini qonunchilik darajasida kafolatlash, parlament va Ombudsman o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qonun ijodkorligi jarayonida inson huquqlari standartlarini hisobga olish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Xorijiy mehmonlarga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson qadrini taʼminlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik islohotlari, shuningdek, inson huquqlarini taʼminlashning parlament mexanizmlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuvda parlamentlar, Ombudsmanlar va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar o‘rtasidagi professional muloqotni davom ettirish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro o‘rganish va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik mexanizmlarini yana-da takomillashtirish muhimligi qayd etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






