Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurishdi
“Raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlari: zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar Ombudsmanlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va xalqaro tashkilotlar vakillari Oliy Majlis Senatida bo‘lib, Senat Raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashdilar.

Muloqotda inson huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish, parlamentlar, Ombudsmanlar va milliy inson huquqlari institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy mehmonlar O‘zbekistonda inson huquqlarini taʼminlash, jumladan, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash hamda inson huquqlarini kafolatlash mexanizmlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni eʼtirof etdilar.

Uchrashuvda inson huquqlarini taʼminlash sohasida xalqaro tajribani o‘rganish, professional muloqotni davom ettirish va dolzarb masalalarga birgalikda yechim topish muhimligi taʼkidlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati