Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Deputatlar Ombudsman taklif etgan qonunchilik o‘zgarishlarini o‘rganish maqsadida Markaziy tergov hibsxonasida bo‘lishdi
19 Noy
2025 yil 19 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zolari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan kiritilgan qonunchilik taklifini amaliyotdagi qo‘llanilishini chuqur o‘rganish maqsadida Markaziy tergov hibsxonasida bo‘lishdi. O‘rganish doirasida tergov hibsxonalaridagi amaldagi tartib-taomillar bilan tanishildi, loyihada nazarda tutilgan qator o‘zgarishlarning tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar va ularning oila a’zolari uchun amaliy ahamiyati o‘rganildi.
Ombudsmanning mahbuslar huquqlariga oid qonunchilik bo‘yicha taklifi fraksiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqildi
17 Noy
2025 yil 17 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyalari yig‘ilishlarida Ombudsman tomonidan ishlab chiqilgan va qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritilgan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Shahrisabzda huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
17 Noy
2025 yil 17 noyabr kuni Shahrisabz shahrida “Huquqiy madaniyatni yuksaltirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.
Serbiya Ombudsmanining 20 yilligi nishonlandi
14 Noy
2025 yil 13–14 noyabr kunlari Belgrad shahrida “Fuqarolar himoyachisi – yigirma yil faoliyat natijalari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir Serbiya Respublikasi Fuqarolar himoyachisi (ombudsmani) instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda Yevropa va Osiyoning turli davlatlaridan ombudsmanlar, xalqaro ekspertlar hamda ilmiy doira vakillari ishtirok etdi.
Konstitutsion qadriyatlar va inson huquqlari: Boku xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston tajribasi
12 Noy
2025 yil 12 noyabr kuni Boku shahrida “Zamonaviy huquqiy tizimlarda Konstitutsiya va qonun ustuvorligi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi hamda mamlakatda “Konstitutsiya va suverenitet yili” deb eʼlon qilinishiga bag‘ishlandi.
Ombudsman Latviya delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi
10 Noy
2025 yil 10 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Girts Yaunzems hamda “NGO ENJOY” nodavlat tashkiloti vakillari bilan uchrashdi.
Inson huquq va erkinliklari bo‘yicha interaktiv darslar: “Ombudsman soati” orqali 1000 dan ortiq o‘quvchi qamrab olindi
10 Noy
O‘quvchilarning huquqiy savodxonligini kengaytirish, inson huquq va erkinliklari bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan “Ombudsman soati” mashg‘ulotlari mamlakat miqyosida tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi. Navbatdagi darslarda 1000 dan ortiq o‘quvchilar qamrab olindi.
Toshkent davlat yuridik universitetida “Karyera kuni” doirasida talabalar bilan muloqot o‘tkazildi
07 Noy
2025 yil 7 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devoni va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Karyera kuni” doirasida talabalar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur tadbir universitet va Ombudsman o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etildi.
Davlat boshqaruvida ayollar roli: gender tenglikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
07 Noy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini yakunladi.
Farg‘onada “Ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
31 Okt
2025 yil 31 oktabr kuni “Mehrjon” nodavlat notijorat tashkiloti qoshida “Ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” (shelter)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Adliya vazirligi hamda BMTning Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida qurib bitkazildi.
Navoiy viloyatida odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat sharoitlarini taʼminlash masalalari muhokama qilindi
28 Okt
2025 yil 28 oktyabr kuni Navoiy viloyatining Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda milliy komissiya aʼzosi — Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Moskvadagi “Altufyevo” markazidagi o‘zbekistonlik bolalarning yashash sharoitlari o‘rganildi
24 Okt
Rossiya Federatsiyasiga tashrif doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Moskva shahridagi “Altufyevo” voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy-reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi.