Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Devoni xodimlari umumxalq hasharida faol ishtirok etdi
Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etilgan umumxalq hasharida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devoni xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Hashar doirasida Devon hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, atrof-muhitni tozalash, hududni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, yangi ko‘chatlar ekilib, mavjud daraxtlar oqlandi, yashil hududlar parvarish qilindi.

Shuningdek, Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari ham o‘z hududlarida tashkil etilgan hashar tadbirlarida faol ishtirok etib, mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Maʼlumki, joriy yilgi umumxalq hashari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar yurtda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati