Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganmoqda
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan, Samarqand, Buxoro, Andijon, Xorazm, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Murojaatlar mazmunidan kelib chiqqan holda tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzilib, holatlar joyida tahlil qilindi. Ushbu murojaatlarda mehnat huquqlari, yer munosabatlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish, maʼmuriy jazolarning qonuniyligi, ekologik huquqlar hamda oilaviy zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish kabi masalalar ko‘tarilgan.

O‘rganish jarayonida murojaatchilar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, masʼul tashkilotlarga qonunchilik talablari doirasida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi. Ayrim holatlar bo‘yicha masalalarni joyida hal etish choralari belgilandi.

Shuningdek, mahbuslarning murojaatlari ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Jumladan, Buxoro viloyatidagi 4-son tergov hibsxonasi va Andijon viloyatidagi 3-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati