Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman ko‘magida mehnat huquqlari tiklandi
Fuqaro N.N. Ombudsmanga murojaat qilib, Olmazor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida farrosh bo‘lib ishlagani hamda mehnat vazifasini bajarish chog‘ida sog‘lig‘iga zarar yetganini, biroq yetkazilgan zarar va davolanish xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya qilib berilmaganidan noroziligini bildirgan.

Murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganilib, fuqaro N.N. manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga Ombudsmanning da’vo arizasi kiritildi.

Natijada sud qarori bilan fuqaro N.N. foydasiga mehnat vazifasini bajarish paytida sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa va ma’naviy zarar sifatida 22 million so‘mdan ortiq kompensatsiya undirilishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, Ombudsman ko‘magida 2025 yil yakunlariga ko‘ra, fuqarolarning ish haqi va mehnat munosabatlariga oid 2 milliard 306 million so‘mdan ortiq to‘lovlari undirilgan.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.

 
Yangiliklar kategoriyalari