Muloqotda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan «O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash» loyihasining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi muhokama qilindi.
Xususan, aholining huquqiy xabardorligini oshirish, loyiha doirasida xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan trening va seminarlar hamda hamkorlikdagi xalqaro tadbirlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda qonun ustuvorligini taʼminlash va inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyorlik bildirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






