Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman va O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2026 yilning 3 iyul kuni O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi tomonidan “Birlashish nuqtasi” OAV haftaligi doirasida “So‘z erkinligi va ishonchli media” xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.

Davlat organlari, parlament, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, media sohasi va fuqarolik jamiyati vakillarini bir maydonda jamlagan mazkur konferensiya mamlakatda ishonchli axborot muhitini shakllantirish, milliy mediani rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.

Forum doirasida sohadagi hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan qator anglashuv memorandumlari imzolandi. Jumladan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga muvofiq, tomonlar inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, aholining huquqiy xabardorligini oshirish, jamoatchilikka ishonchli va xolis axborot yetkazish hamda inson huquqlari sohasidagi dolzarb masalalarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish borasida hamkorlik qiladi.

Shuningdek, tomonlar axborot sohasi, media faoliyati, raqamli texnologiyalar hamda inson huquqlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, tahliliy materiallar, ekspert sharhlari va huquqiy tushuntirishlar tayyorlashda ham hamkorlik qiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati