Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularni himoya qilishning institutsional mexanizmlari hamda so‘nggi yillarda ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, Ombudsman institutining asosiy vazifalari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, inson huquqlari buzilishi holatlarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar hamda parlament nazorati mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, inson huquqlarini taʼminlashda yoshlarning faol ishtiroki va huquqiy xabardorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






