Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Ombudsman o‘rinbosari navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
28 Iyu
2024 yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimanov fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasida fuqaroni uning roziligisiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga “hayfsan” berildi
24 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro B.N. uning roziligisiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilganligi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi bo‘yicha masʼullarga chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qildi.
Xodimga ortiqcha to‘langan mablag‘lar qay tartibda ushlanadi? Ombudsmanga yuborilgan murojaat asosida buxgalterlar jarimaga tortildi.
20 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan fuqaro G.I. va bir necha nafar fuqarolarning jamoaviy murojaati kelib tushdi. Unda murojaatchilar oylik maoshlari noqonuniy tartibda ushlab qolinganini bildirib, mehnat huquqlarining tiklanishini so‘rashgan.
Ombudsman tomonidan fuqarolar manfaatida sudga kiritilgan daʼvo ariza qanoatlantirildi
19 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakiliga bir guruh fuqarolar oylik ish haqlari plastik kartochkaga kelib tushganda bank asossiz ravishda “kreditdan bo‘lgan qarzdorligi uchun” deb pullarini yechib olib qo‘yganligidan norozi bo‘lib shikoyat qilishdi.
Ombudsmanning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi
11 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Toshkent shahridan fuqaro K.L. ijtimoiy yordam olish bo‘yicha oferta shartnomasini imzolash va undagi ayrim so‘zlarga o‘zgartirish kiritishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
2 nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan mahkumaga berilgan jazo uy qamog‘iga almashtirildi
04 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A. Xuseynova 4-sonli tergov hibsxonasiga amalga oshirgan monitoring tashrifida ushbu muassasada saqlanayotgan ayol murojaati yakka tartibda qabul qilingan edi.
Ish vaqtida nogironlik orttirgan fuqaroga hisoblangan oylik maoshlari o‘zlashtirilgani bo‘yicha murojaat hal etildi - Ombudsman
03 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Toshkentdagi tadbirkorlik subyektlaridan birida faoliyat yuritgan va ish vaqtida sog‘lig‘iga yetgan jarohat tufayli nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan fuqaro D.L. murojaati kelib tushdi.
2-guruh nogironi bo‘lgan mahbus davolanishga yotqizildi - Ombudsman
31 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Sirdaryo viloyatidan fuqaro F.I. murojaat qilib, tergov hibsxonasida saqlanayotgan, 2-guruh nogironi bo‘lgan jiyanining sog‘lig‘idan xavotirda ekanligini bildirdi.
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaat qilishdi?
30 May
2024-yilning 30-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi 
10 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Asaka tumanida yashovchi fuqaro T.R. uy hujjatlari rasmiylashtirib berilmayotgani yuzasidan tuman kadastr bo‘limi ustidan shikoyat qildi.
Sobiq mahkum ishga joylashtirildi-Ombudsman
06 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan sobiq mahkum D.O. ishga joylashtirish va yotoq joy bilan taʼminlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Ish haqini ololmayotgan sobiq qoravul Ombudsmanga murojaat qildi
01 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro T.I. ish beruvchidan oylik maoshlarini undirilishi bo‘yicha murojaat qildi.