Tadbirda tumanning “Qoramozi”, “Guliston”, “Istiqlol”, “Paxtagul”, “Ilg‘or”, “Do‘stlik”, “Yangi turmush”, “Oydin hayot”, “Shirin”, “Barkamollik”, “Fidoyilar”, “Vatanparvar”, “Jannatmakon”, “Durgadik”, “Olchin”, “Navro‘z”, “Toma”, “Moshto‘g‘ay”, “Tayanch”, “Pahlavonlar”, “Gulg‘uncha”, “Nurafshon”, “Madaniyat”, “Znaxos”, “G‘ayrat”, “Mustaqillik”, “Katta kuch”, “Nurobod”, “Porloq”, “Yangilanish”, “Ahillik”, “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Madaniy yer”, “Do‘rmon”, “Obod”, “Turkiston”, “Yosh kuch”, “Mangulik”, “Ehtirom” va “Muqaddas” mahallalaridan 350 nafardan ortiq fuqarolar qatnashdilar.
Qayd etish lozimki, mazkur tadbir Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) nomiga Xonqa tumanida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tashkil etildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, hududda aholi huquqiy xabardorligi, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, yer munosabatlaridagi huquqiy masalalar, kiberjinoyatchilik va moliyaviy firibgarlik kabi mavzular dolzarb hisoblanadi. Shu bois tadbir doirasida ushbu yo‘nalishlardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlar mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi.
Fuqarolarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish, kiberxavfsizlik, plastik kartalardan pullarni noqonuniy o‘zlashtirishdan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Barcha maʼruzalar aholiga sodda tilda, hayotiy misollar orqali yetkazildi.
Shuningdek, tadbir doirasida aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada ish taklif qiluvchi tashkilotlar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mini texnologiyalar, tijorat kreditlari va boshqa imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
Ochiq muloqotda Ombudsmanning o‘rinbosari, Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili, Ombudsman Devoni xodimlari hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berdilar.
Tadbir yakunida murojaatlarda ko‘tarilgan boshqa masalalar yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berildi.
“Ombudsman maktabi” tadbiri doirasida fuqarolar qabuli o‘tkazilib, ular murojaatlari qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati