Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman ko‘magida 8 nafar hamshiraning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga)ga Navoiy shahar markaziy shifoxonasi bolalar reanimatsiya bo‘limi hamshiralari murojaat qilib mehnat huquqlari buzilganidan shikoyat qilishdi.

Murojaatda ko‘rsatilishicha, 2025 yil 30 iyun kuni soat 17:00 da shifoxona masʼul xodimi telefon orqali iyul oyi uchun tasdiqlangan ish jadvali bekor qilingan va ichki buyruq asosida  ular tug‘ruq bo‘limidagi chaqaloqlar intensiv reanimatsiya palatasiga o‘tkazilgan.Bundan norozi bo‘lgan hamshiralar avvalgi ish joyiga qaytarishda yordam so‘rashgan.

Holat bo‘yicha Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashini jalb etgan holda batafsil o‘rganish o‘tkazdi va tegishli taʼsir hujjatlari kiritilishi natijasida murojaatchilarning buzilgan huquqlari tiklandi. Ular bolalar reanimatsiya bo‘limidagi o‘z ishiga qayta tiklandi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi 23-sonli oilaviy poliklinikada hamshira bo‘lib ishlab kelgan fuqaro M.A.ham Ombudsmanga mehnat huquqlari buzilgani bo‘yicha shikoyat yo‘lladi. Unda fuqaro attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tganiga qaramay noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilganidan noroziligini bildirgan.

Mazkur holat ham Ombudsman tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, murojaatchining mehnat huquqlari tiklanishiga erishildi. Natijada fuqaro M.A. o‘zining avvalgi ish joyiga tiklandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari