Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2025 yil 30 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida mehnat, korporativ huquqlar, oqlov, mahkumlar huquqlari, pensiya hamda sud-tergov jarayonlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Shuningdek, onlayn firibgarlik holatlari, tadbirkorlik faoliyati va pedagog xodimlar harakatidan norozilikka oid masalalar ham fuqarolar tomonidan bildirildi.

Ushbu murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi, vakolatga oidlari esa nazoratga olinib, o‘rganishga kirishildi. Fuqarolar masalalarini har tomonlama ko‘rib chiqish zarur bo‘lgan hollarda mutaxassislar va tegishli tashkilotlar vakillari ham jalb qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Vakilga ombudsman.uz sayti, ombudsman.uz mobil ilovasi orqali elektron hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsman idorasiga va hududlardagi mintaqaviy vakillariga murojaat qilishlari mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari