Uchquduq tumanida yashovchi fuqaro R.B. yog‘ingarchilik paytida ko‘p qavatli uy kirish qismida suv to‘planib, yo‘lakka sizib kirishi, shu haqda bir necha bor shirkat/uy-joy boshqaruv tashkilotiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, masala hal etilmayotganidan norozi bo‘lgan.
Navoiy shahridagi yana bir murojaatda fuqaroga moddiy yordam ajratish bo‘yicha qaror qabul qilinganiga qaramay, belgilangan mablag‘ o‘z vaqtida ajratilmayotgani qayd etilgan.
Har ikki holatda ham tegishli mas’ul tashkilotlar jalb qilinib, voqea joyida o‘rganish natijasida murojaatlar ijobiy hal etildi.
Shuningdek, Ombudsmanga Toshkent shahridan kelib tushgan uy-joyga oid murojaat yuzasidan ham ish olib borilmoqda. Holat Toshkentdagi mintaqaviy vakil tomonidan o‘rganilib, ishga doir ma’lumotlar to‘plandi va tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish muammolarni manzilli hal etishga, mas’ul idoralar javobgarligini kuchaytirishga va inson huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






