Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Ochiq muloqot: Ombudsmanga Andijondan qanday masalalarda murojaatlar yuborilgan?
09 Okt
2026 yil 9 oktyabr kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Paxtaobod tumanidagi “Qashqar”, “Mash’al”, “Sangraobod”, “Navro‘z” va “Qorashoh” mahallalaridan 120 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.
Sirdaryo tumanida fuqarolar taklifi asosida sayyor qabul o‘tkazildi
05 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan fuqarolar taklifi asosida Sirdaryo tumanidagi “Xazina” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati S. Elmurodov ham ishtirok etdi.
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
30 Sen
2026 yil 30 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Murojaatdan natijaga: Sirdaryoda bolaga bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishiga kelishildi
28 Sen
“Tenglik va hurmat” platformasi doirasida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati hududiy markazida o‘tkazilgan uchrashuvda ayollar farzandlarini shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan edi.
Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm va Andijon viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi
24 Sen
Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va aholiga huquqiy yordamni yaqinlashtirish maqsadida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm va Andijon viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Murojaatdan natijaga: mehnat huquqlari tiklandi, bolaning ta’lim olish huquqi va aliment mablag‘lari undirilishi ta’minlandi
22 Sen
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilib, qator masalalar bo‘yicha amaliy natijalarga erishildi.
Ombudsmanga yo‘llangan murojaatdan so‘ng IIB xodimlariga intizomiy chora ko‘rildi
16 Sen
Ombudsmanga Sirdaryo viloyatidan fuqaro D.A. murojaat qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi.
Ombudsman xodimlar huquqlarini himoya qildi: masʼulga 41,2 mln so‘m jarima
14 Sen
Ombudsmanga “Sirdaryo suv taʼminoti” AJ Xovos tuman bo‘limi xodimlari dam olish va bayram kunlari majburan ishga jalb qilinayotgani haqida murojaat kelib tushdi.
Angrenda Ombudsmanning sayyor qabuli o‘tkazildi
10 Sen
2026 yilning 10 sentyabr kuni Angren shahrining “Mirzo Ulug‘bek”, “Obod”, “Navbahor”, “Yangiobod” va “Oppartak” mahallalari fuqarolari uchun Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Pedagoglarning mehnat huquqlari Ombudsman himoyasida
09 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro D.S. murojaat qilib, Sirdaryo viloyatidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan birida xodimlar majburiy mehnatga jalb qilinayotgani yuzasidan amaliy yordam so‘radi.
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng mahkum murojaati ijobiy hal etildi
07 Sen
Ombudsmanga 13-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum K.B.ning advokatidan murojaat kelib tushdi. Unda mahkum moddiy zararning ancha qismini qoplagani, intizomiy jazoga tortilmagani va rag‘batlantirilganiga qaramay, unga tuzalish yo‘liga o‘tganligi haqida ijobiy xulosa berilmagani bayon qilingan.
Murojaatlar tahlili asosida eng ko‘p murojaat kelib tushayotgan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazildi
07 Sen
Murojaatchilar bilan manzilli ishlash maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga kelib tushayotgan murojaatlar hududlar kesimida muntazam tahlil qilinib, murojaatlar nisbatan ko‘p yuborilayotgan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.