Ishga oid hujjatlar o‘rganilib fuqaro manfaatida sudga daʼvo arizasi kiritildi. Sud fuqaroning zararli mehnat sharoitida ishlaganlik faktini tasdiqladi. Biroq pensiya tayinlash masalasida masʼul xodim ish beruvchi tomonidan sug‘urta badallari to‘lanmaganini bahona qilib arizani yana rad etdi.
Ish beruvchining moliyaviy hisob-kitobni yuritishdagi kamchiliklari xodimning pensiya huquqini cheklashi mumkin emas. Shu sababli tashkilotning tegishli qarorini qonunga xilof deb topish bo‘yicha ikkinchi marta sudga daʼvo arizasi kiritildi.
Sud Pensiya jamg‘armasi qarorini qonunga xilof deb topib, fuqaroga pensiya tayinlash majburiyatini jamg‘arma zimmasiga yukladi.
Shu tariqa fuqaro Y.A.ning uzoq yillik mehnat faoliyati uchun imtiyozli pensiya olish huquqi tiklandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






