Qabul davomida fuqarolar tomonidan mehnat va ijtimoiy taʼminot, sud va tergov jarayonlari, mahkumlar huquqlarini taʼminlash, pensiya masalalariga oid hamda boshqa murojaatlar tinglandi.
Murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi, vakolatga oid masalalar nazoratga olinib, tegishli davlat organlariga yuborildi. Ombudsman qabul davomida har bir murojaat tinglab, ularni hal etish bo‘yicha choralar belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Vakilga ombudsman.uz sayti, mobil ilova orqali elektron shaklda, shuningdek, hududlarda faoliyat yuritayotgan mintaqaviy vakillar orqali ham murojaat qilishlari mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






 
                             
                             
                            
 
                             
                     
                                             
                                             
                                             
                                             
                                             
                                             
                                             
                                             
                                             
                             
                             
                             
                             
                         
                         
                         
                         
                                         
                                        