2025 yil 18 sentyabr kuni navbatdagi tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanidagi 5-sonli musiqa maktabida tashkil etildi. Unda “Navro‘z”, “Kunnura”, “Abat”, “Samanko‘l”, “Tutzor” va “Toshko‘pir” mahallalaridan fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbirda aholiga kiberjinoyatchilik va moliyaviy firibgarliklarning oldini olish, mehnat migratsiyasi jarayonlarini qonuniy asosda tashkil etish hamda Prezidentning 2025 yil 4 avgustda qabul qilingan “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.
Maʼruzalar aholiga sodda va hayotiy misollar orqali yetkazildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Tadbir doirasida murojaatlarda ko‘tarilgan boshqa masalalar yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati