Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman MDH Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etdi
17 Apr
Joriy yilning 16 aprel kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasining navbatdagi (to‘rtinchi) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jizzaxda ish haqi va taʼtil kompensatsiyalari undirildi: 6 nafar fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi
16 Apr
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasining “Reanimatsiya” bo‘limida faoliyat yuritgan 4 nafar tibbiyot xodimining ish o‘rni attestatsiyadan o‘tkazilganda zararli ish o‘rni deb topilgan va ularga haq to‘lanadigan qo‘shimcha mehnat taʼtili berilishi nazarda tutilgan.
Toshkentdagi Majburiy davolash narkologiya shifoxonasida antisanitariya holatlari aniqlandi
15 Apr
Joriy yilning 15-aprel kuni Ombudsman o‘rinbosari va mintaqaviy vakil tomonidan Toshkent shahar Majburiy davolash narkologiya shifoxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Ombudsman Rossiyadagi hamyurtlarimiz bilan uchrashdi
15 Apr
2025-yil 15-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga bordi. Tashrifning dastlabki kunida Ombudsman ushbu mamlakatda vaqtincha yashab, ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashdi.
Ombudsman monitoringi: 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
14 Apr
Bugun, 2025-yilning 14-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Ushbu kasalxonada o‘tgan yilning iyul oyida Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, 50 o‘rinli ayollar bo‘linmasining ochilgan edi. Tashrif davomida ushbu bo‘linmaga zamonaviy med texnikalar olib kelingani va mahkumalarga barcha tibbiy sharoitlar yaratilganiga guvoh bo‘lindi.
Ombudsman va Niderlandiya elchilari inson huquqlari sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
14 Apr
2025-yilning 14-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Niderlandiya Qirolligining Inson huquqlari bo‘yicha elchisi Vim Geyerts va Niderlandiya Qirolligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Niko Sxermers bilan uchrashdi.
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng Qoraqalpog‘iston hushyorxonalardagi sharoitlar yaxshilandi
14 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Sog‘liqni saqlash vazirligining tuman va shaharlar tibbiyot birlashmalari tarkibida tashkil etilgan qator mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlaridagi sharoitlarni o‘rgandi.
Ombudsman tomonidan Markaziy tergov hibsxonasiga navbatdagi monitoring tashrifi amalga oshirildi
12 Apr
Joriy yilning 12 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Devoni xodimlari hamda Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli Markaziy tergov hibsxonasiga navbatdagi monitoring tashrifi amalga oshirildi.
21 oylik ish haqi to‘lanmadi: Ombudsman aralashuvidan so‘ng fuqaro foydasiga 93 mln so‘m undirildi
11 Apr
Toshkent viloyatidagi “Ohangaronshifer” AJda 2002-yildan buyon betonchi bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaro I.P. 2023-yil martdan 2024-yil dekabrigacha — 21 oy davomida ish haqini ololmagan.