Xususan, Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan mahkumlarning qiziqishlari o‘rganilib, “ustoz-shogird” anʼanasi asosida turli to‘garaklar tashkil etilmoqda.
Kuni kecha, shunday to‘garaklarda 6 oy davomida “Milliy libos tayyorlash”, “Metaldan buyumlar yasash” va “Yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash” kabi yo‘nalishlarda bilim olgan 150 nafardan ortiq mahkumga rasmiy sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan mahkumlar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularga ozodlikdan keyin foydalanish mumkin bo‘lgan imtiyozli kreditlar va davlat subsidiyalari haqida tushuntirishlar berildi.
Monitoring tashrifi doirasida muassasadagi yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va mehnat sharoitlari o‘rganilib, “Ombudsman qutisi”da qoldirilgan murojaatlar asosida 9 nafar mahkum bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati