Qabulda uy-joy, kadastr, ishga tiklash, sud va tergov jarayonlari, pensiya, ta'lim va mehnat huquqlarining taьminlanishi, shaxsga nisbatan firibgarlik, bank-kredit, shuningdek ijtimoiy va moddiy yordam masalalari yuzasidan 60ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.
Murojaatlar nazoratga olinib, joyiga chiqib o‘rganishni talab etuvchi masalalar Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar o‘z muammolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning manzili, qabul kunlari va aloqa ma’lumotlari bilan ombudsman.uz rasmiy sayti orqali tanishish mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati