Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
monitoring
Buxoro viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalar o‘rganildi
15 Okt
2026 yil 15 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova boshchiligida Ombudsman Devoni xodimlari hamda Ombudsman huzuridagi Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash hollarining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari a’zolari tomonidan Buxoro viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
42 ta oliy ta'lim muassasasida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar o'rganildi
15 Okt
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan nogironligi bo'lgan talabalar soni eng ko'p bo'lgan 42 ta oliy ta'lim muassasasida inklyuziv muhit va to'siqsiz harakatlanish uchun yaratilgan sharoitlar jamoatchilik monitoringidan o'tkazildi.
Andijon viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalar oʻrganildi
13 Okt
2026-yil 9-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari, Ombudsman Devoni xodimlari hamda Ombudsman huzuridagi Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash hollarining oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan Andijon viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Qashqadaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalar o‘rganildi
18 Sen
2026 yilning 17–18 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman mintaqaviy vakili tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan mahkumlarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi
15 Sen
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 4, 5 va 11-son jazoni ijro etish koloniyalarida o‘tkazilgan “Ombudsman maktabi” tadbirlari hamda monitoring tashriflari davomida mahkumlarning ijtimoiy himoyaga oid ehtiyojlari o‘rganildi.
Ayollar koloniyasida mahkumalar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul  o‘tkazildi
14 Sen
2026 yilning 14 sentyabr kuni “Ombudsman maktabi” platformasi doirasida 21-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalar uchun tadbir tashkil etildi. Unda 180 nafar mahkuma ishtirok etdi.
Ombudsman boshchiligida Angren shahridagi yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
11 Sen
2026 yilning 10 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) boshchiligida Angren shahar IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSH), Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyat filiali va mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Angren shahridagi shaharlaro punktiga (xushyorxona) monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman talabnomasidan so‘ng, fuqarolarni noqonuniy ushlab turgan inspektorlarga chora ko‘rildi
08 Sen
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda Ombudsman boshchiligida Jamoatchilik guruhlari bilan o‘tkazilgan monitoringda Nukus tumani tibbiyot birlashmasi tarkibidagi Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktida qonunbuzilish holati aniqlangan edi.
Ombudsman boshchiligida Jizzax viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
13 Avg
2026 yilning 13 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Ombudsman huzuridagi qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan Jizzax viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Namangandagi yopiq muassasalarga monitoring: sharoitlar, murojaatlar va amaliy natijalar
12 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili va jamoatchilik guruhlari tomonidan Namangan viloyatidagi 6-son tergov hibsxonasi va 6-son Jazoni ijro etish koloniyasi (JIEK), viloyat IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSH) hamda Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona (Maxsus qabulxona), shuningdek Norin tumanidagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punkti (Hushyorxona)ga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng, 260 mln so‘m ajratilishi belgilandi
11 Avg
Ombudsman Devoni xodimlari hamda Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 13-son jazoni ijro etish koloniyasida o‘tkazilgan monitoringda bir qator kamchiliklar aniqlangan edi.
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng mahkumlar mehnat qilayotgan obyektlardagi sharoitlar yaxshilandi
03 Avg
Ombudsmanning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili poytaxtda joylashgan 51-son manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning ish bilan ta’minlanganligi hamda ular mehnat qilayotgan ishlab chiqarish obyektlaridagi sharoitlarni o‘rgangan edi.