Tibbiy ko‘rikka xirurg, nevropatolog, LOR, endokrinolog, kardiolog, ginekolog, dermatovenerolog, okulistlar jalb qilindi. Shuningdek, 38 nafar — UTT, 32 nafar — laboratoriya, 29 nafar — EKG tekshiruvidan o‘tdi.Tibbiy ko‘rik yakunlariga ko‘ra, 150 nafar shaxsda turli kasalliklar aniqlanib, ularga tibbiy tavsiyalar berildi va muolajalar buyurildi.
Statsionar davolanishni talab etuvchi holatlar qayd etilmadi.
Shu kuni Ombudsman mintaqaviy vakilining sayyor qabuli ham tashkil etilib, mahbuslar murojaatlari o‘rganildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati