Mehmonlarni Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarova qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlar va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish, global muammolar va sunʼiy intellekt davrida inson huquqlarini himoya qilish kabi masalalar muhokama etildi.
Muloqot davomida ishtirok etayotgan xorijiy davlatlar Ombudsmanlari yuqoridagi masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati