Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
#Ko‘pberiladigansavollar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali yurtdoshlarimizdan kelib tushayotgan ko‘plab savollarga mutaxassislarimiz javob berishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarning aksariyatida, murojaatchilar dastlabki tergov organlariga taqdim qilingan ariza va shikoyatlarga bir oylik muddatda javob kelmayotganligidan norozi bo‘lishmoqda.

Maʼlumki, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasida ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan eʼtiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Biroq, mazkur Qonunning 1-moddasida esa qonunning amal qilishi - ko‘rib chiqish tartibi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilik va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan murojaatlarga tatbiq qilinmasligi ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan, dastlabki tergov jarayonidagi muddatlar JPK 351-moddasida 3 oy etib belgilangani, qo‘shimcha o‘rganish talab qilinganda esa 5 oy va 7 oygacha uzaytirilishi mumkin ekanligi belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, fuqarolarimizdan dastlabki tergov olib borilishi yuzasidan yo‘llanayotgan murojaatlarga Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan muddatlarda javob xati talab qilinishi maqsadga muvofiq ekanligi maʼlum qilinadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati