Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman maktabi: aholi murojaatlari tahlili asosida chekka hududlarda huquqiy xabardorlikni oshirishga qaratilgan ochiq muloqotlar tashkil etildi
07 Iyu
Maʼlumki, “Ombudsman maktabi” loyihasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan aholining huquqiy xabardorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni joylarda o‘rganish va huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida amalga oshirilmoqda. Loyihaning eng muhim jihati shundaki, mavzular Ombudsmanga kelib tushayotgan real murojaatlar tahlili asosida tanlanadi.
Ayollar qamoqxonasidagi sharoitlar bo‘yicha tarqalgan xabar Ombudsman tomonidan o‘rganildi
05 Iyu
Ijtimoiy tarmoqlarda 2025 yilning 3-4 iyul kunlari "Ayollar qamoqxonasida inson qadri qo‘llanilmoqdami?" sarlavhasi ostida eʼlon qilingan xabar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olinib, o‘rganildi.
8 oy davomida hal qilinmagan murojaat Ombudsman nazoratida ijobiy hal etildi
03 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro tomonidan tabiiy gaz taʼminoti bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
Qashqadaryodagi tergov hibsxonasiga navbatdagi monitoring tashrifi: qabul, tibbiy ko‘rik va psixologik mashg‘ulotlar
02 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan amalga oshirilayotgan monitoring tashriflar va kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida Qashqadaryo viloyatidagi 5-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun tibbiy ko‘rik, sayyor qabul va psixologik mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
30 Iyu
2025-yil 30-iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ombudsmanning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi
27 Iyu
Joriy yilning 27 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan “Ombudsmanning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi” mavzusida konferensiya tashkil etildi.
Namanganda 150 nafardan ortiq yangi kasb o‘rgangan mahkumga sertifikatlar topshirildi
25 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshiradigan monitoring tashriflari doirasida mahkumlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish bilan bir qatorda, ularning ozodlikka chiqqanidan so‘ng jamiyatga moslashuvini yengillashtirishga qaratilgan tadbirlarga ham alohida eʼtibor qaratishadi.
O‘zbekistonda BMT shartnomaviy organlariga muqobil hisobotlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro seminar-trening o‘tkazildi
25 Iyu
2025 yilning 23–25 iyun kunlari Toshkent shahrida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) O‘zbekistondagi Loyihalari koordinatori hamkorligida “BMT shartnomaviy organlariga muqobil hisobotlar tayyorlashning dolzarb masalalari” mavzusida uch kunlik seminar-trening o‘tkazildi.
11-son Tergov hibsxonasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda 150 nafar shaxsga tibbiy muolajalar buyurildi
23 Iyu
2025 yil 13 iyun kuni Urganch shahrida joylashgan 11-son tergov hibsxonasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan, Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda 150 nafarga yaqin mahbus qamrab olindi.