Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Samarqandda o‘tkazilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida 5 nafar fuqaroda bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazilishi belgilandi
16 May
Samarqand viloyatining chekka hududlarida o‘tkazilayotgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir 2024-yil 16-may kuni Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazildi. Unda Ingichka qo‘rg‘onchasida joylashgan “Abdulla qaxxor”, “Kattaqo‘rg‘on”, “Islom Shoir”, “Nurobod” va “Usmon Nosir” MFY aholisi qamrab olindi. 
Andijondagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
16 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvaxidova Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
O‘zbekiston va Malayziya Ombudsmanlari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
15 May
2024 yilning 15 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Malayziya Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha birinchi Komissari professor Dato Nur Aziya Binti Mohd Aval bilan uchrashdi.
Xorazmning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlarida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
15 May
Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdir. 2022-yilda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari ish boshlashi bilan respublikaning chekka hududlariga borib, fuqarolar muammolarini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan navbatdagi sayyor qabullar Qo‘shko‘pir tumanining Turkmaniston Respublikasi chegara hududi hisoblangan Shix va Gʻazovot qishloqlarida o‘tkazildi.
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv
14 May
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida O‘zbekistonda xotin-qizlarning boy salohiyatidan foydalanish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda tajriba almashish bo‘yicha Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazish haqidagi taklifni bildirilgan edi.
Navoiy koloniyalaridagi mahkumlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi
11 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan “Kinokarvon” loyihasi doirasida Navoiy shahridagi 4 va 11-son Jazoni ijro etish koloniyalarida saqlanayotgan shaxslar uchun ma’naviy va ma’rifiy ruhdagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
Namangan viloyatidagi koloniyaga monitoring tashrifi amalga oshirildi va mahkumlar fikrlari o‘rganildi
10 May
2024-yilning 8-may kuni Pop tumani 6-son Jazoni ijro etish koloniyasida saqlanuvchi shaxslarning dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport musobaqasi hamda konsert dasturlari tashkil etildi.
Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi 
10 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Asaka tumanida yashovchi fuqaro T.R. uy hujjatlari rasmiylashtirib berilmayotgani yuzasidan tuman kadastr bo‘limi ustidan shikoyat qildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari Ombudsman faoliyati bilan tanishdi
08 May
2024-yilning 8-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat huquqiy faoliyati” fakulteti talabalari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu sayyor o‘quv mashg‘ulotida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi va tartibi muhokama qilindi.