Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
2026 yildagi monitoring tashriflari Buxoro viloyatida boshlandi
Ombudsmanning harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 2026 yildagi ilk monitoring tashriflari ichki ishlar organlari tizimidagi ma’muriy tartibda ushlangan shaxslar saqlanadigan muassasalardan boshlandi.

5-yanvar kuni Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Jondor tumani IIBda monitoring tashrifini o‘tkazdi. Tuman IIBga qarashli navbatchilik qismidagi ushlanganlarni saqlash xonasi ko‘zdan kechirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1998 yil 10 dekabrdagi 250-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan ma’muriy tartibda ushlangan shaxslarni saqlash xonalari shahar va tuman ichki ishlar organlari navbatchilik qismlarining maxsus xonalari hisoblanib, ular ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun olib kelingan shaxslarni qisqa muddatga joylashtirishga mo‘ljallangan.

6-yanvar kuni esa G‘ijduvon tumani IIBga tashrif buyurilib, tuman IIBga qarashli navbatchilik qismidagi ushlanganlarni saqlash xonasining holati o‘rganildi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha ta’sir choralari shaklidagi hujjatlarni kiritish ta’minlanadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)