Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
OMBUDSMAN NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI
2025 yilning 30 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul jarayonida mehnat huquqlari, pensiya taʼminoti, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, ijro harakatlari, oilaviy masalalar hamda sud-tergov jarayonlariga oid murojaatlar kelib tushdi. Shuningdek, mahkum va mahbuslarning yaqinlaridan ham murojaatlar qabul qilindi.

Qabul davomida har bir murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, ayrim masalalar Ombudsman nazoratiga olinib, o‘rganish uchun qabul qilindi. Qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda murojaatlarni hal etish bo‘yicha taʼsir choralari ko‘rish belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Vakilga ombudsman.uz sayti, ombudsman.uz mobil ilovasi orqali elektron hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsman idorasiga va hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati