Unda Xalq deputatlari viloyat va shahar kengashi deputatlari, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari ham ishtirok etdilar.
Dastlab monitoring doirasida tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoiti, ovqatlanishi, tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati va sifati, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, “Ombudsman qutisi”ga kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
Shundan so‘ng tergov hibsxonasida saqlanayotgan voyaga yetmagan yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida ularning huquqiy xabardorligini oshirish, ta’lim olish imkoniyatlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Hibsxonada saqlanayotgan mahbuslarni o‘qitish uchun sharoit yaratish maqsadida Qarshi mebel ishlab chiqarish korxonasi tomonidan 8 dona stol va 16 dona stul (jami 10 mln so‘mlik) homiylik asosida taqdim etildi.
Shuningdek, homiylar tomonidan tergov hibsxonasi kutubxonasi uchun 100 dona kitob tuhfa qilindi.
Tadbir so‘ngida tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Murojaat qilgan 5 nafar mahbusning masalalari belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






