Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yosh, fidoyi … Saidbek Azimov xotirasiga
2010-2023 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatida turli lavozimlarda ishlagan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida faoliyat yuritib qilib kelgan Saidbek Azimovning bevaqt vafoti qalblarimizni chuqur qayg'uga soldi.

Saidbek Azimov 38 yoshda edi. Ombudsmandagi faoliyati davomida tashkilot ishini faollashtirish, xalqaro maqomini oshirishda fidoyilik bilan mehnat qilgan, vatanparvar, samimiy va mehribon inson edi. U har bir ishga yurakdan yondashar, yetakchilik qobiliyatiga ega xodim edi.

Saidbek Azimov ikki nafar farzandning mehribon, g‘amxo‘r otasi edi. Uning insoniy fazilatlari hamkasblari va yaqinlari xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Ombudsman jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) jamoasi